Qator nashrlarda 30 mart kuni Toshkentda “Piyoz ishi” doirasida sudlanayotgan bozorqoʻmlardan biri — “Bek Toʻpi” bozori sobiq rahbari 57 yashar Shukrillaxon Ergashev tergov izolyatorida vafot etgani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi.
“Kun.uz” ushbu maʼlumotga oydinlik kiritishni soʻrab, Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova bilan bogʻlangan.
Uning bildirishicha, 2019 yil 30 mart kuni soat taxminan 12:20larda Oʻzbekiston Respublikasi IIV JIEBBga qarashli 1-son tergov hibsxonasida saqlanayotgan, 06.02.2019 yildan boshlab hibsxonaning Davolash-profilaktik yordam koʻrsatish boʻlimida “Yurak ishemik kasalligi, zoʻriqish stenokardiyasi, gipertoniya-2, AG-2, qandli diabet kasalligi 2-darajasi” tashxisi bilan davolanayotgan mahbus Sh.E. (Shukrillaxon Ergashev - tah.) “Oʻtkir miokard infarkt, oʻtkir yurak qon tomir va oʻpka yetishmovchiligi” tashxisi bilan vafot etgan.
“Mahbus E.Sh.ning oʻlimi sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan. Hozirda ushbu holat boʻyicha Qamoqqa olinganlarni saqlash va jazoni ijro etish joylarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat boʻyicha Toshkent prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda”, — deya xabar qildi S.Rahmonova.
Uning soʻzlariga koʻra, Ergashev tergov davomida davolanishda boʻlgan. Unga nisbatan ekspertiza tayinlangan, u uni tergovga jalb qilish imkoni haqida xulosa bergan, ehtiyot chorasini oʻzgartirishga qonuniy asoslar boʻlmagan — taxminan 4 mlrd soʻm miqdoridagi zarar qoplanmagan.
Shuningdek, qayd etilishicha, Shukrillaxon Ergashevning advokatlar va yaqinlari bilan uchrashishiga keng imkoniyat yaratib berilgan.
“Uning oʻzi kasal boʻlgan, lekin tergov va sud organlariga qarindoshlari yoki oʻzidan ehtiyot chorasini oʻzgartirish yoxud yetkazilgan ziyonni qoplash toʻgʻrisida iltimosnoma kelib tushmagan”, — degan mahkama matbuot xizmati rahbari. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»