Qoʻshiqchini pulga koʻmish muxlisning “katta orzusi”mi? (video)

  • 02 aprel 2019, 15:38
  • 1 393
  • Jamiyat
  • Qoʻshiqchini pulga koʻmish muxlisning “katta orzusi”mi? (video)
    Oliy Majlis Senatining oʻn beshinchi yalpi majlisida senatorlar toʻylar boʻyicha bir qarorga kelgandi. Unga koʻra, toʻy-hasham va boshqa oilaviy tadbirlarni ixcham oʻtkazishni yoʻlga qoʻyishga muayyan meʼyoriy hujjat bilan emas, odamlar oʻrtasida keng koʻlamli targʻibot-tashviqot, shaxsiy ibrat, namunali tadbirlar misolida erishish har jihatdan foydali ekani qayd etilgandi.

    Ushbu qaror eʼlon qilinganiga koʻp boʻlmasdan, ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi toʻylardan birida pul sochgan yigit mashhur boʻldi.

    Pul sochish lavhalarida yaqqol koʻzga tashlangan sanʼatkor Ogʻabek Sobirov yana bir bor toʻy dabdabasi “qahramoni”ga aylandi. Gap shundaki, uning oʻzi Instagram ijtimoiy tarmogʻiga joylagan videoda oʻtirib kuy-qoʻshiq ijro etayotgani, boʻynida xorijiy valyutadan yasalgan “pulchambar” ilib qoʻyilgani aks etgan.

    Video: Mover (tas-ix)

    Video: Youtube

    Xonandaning yozishicha, muxlisining katta orzusi mana shu yoʻsinda roʻyobga chiqdi.

    Darvoqe, Sobirov videoni tarmoqdan olib tashlashga ulgurdi, ammo jamiyatning toʻy-hashamga nisbatan munosabati haligacha oʻzgarmagani kichik lavha orqali ham yaqqol namoyon boʻldi.

    Kimnidir “aybdor”ga chiqarib, tanbeh berishdan yiroqmiz. Ming qilsa ham erkin fuqarolik jamiyatini qurib, oʻzbekcha demokratiya modelini ilgari suryapmiz. Shunga qaramay, maqsadsiz, dabdabaga berilgan kishilar bilan jamiyat koʻzlagan uzoqdagi marraga yetib borishi ham qiyin. Isrofgarchilikka qarsak chalgan xalq esa inʼom etilgan neʼmatlarning qadriga yetmaydi.

    Manba: Kun.uz

    » » Qoʻshiqchini pulga koʻmish muxlisning “katta orzusi”mi? (video)