18:36 / 02.04.2019
3 524

Aholi muammolari oʻrganilmoqda (foto)

Aholi muammolari oʻrganilmoqda (foto)
Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasining 4-sektor ishchi guruhi tomonidan aholi muammolari oʻrganilib, ularni oʻz vaqtida bartaraf etish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kungacha 4-sektor ishchi guruhi tomonidan 35 498 ta xonadon toʻliq oʻrganilib, shulardan 8 616 ta muammosi mavjud xonadonlarning muammolari aniqlandi va 1 672 tasi bartaraf etildi.

Ayni paytda yechimini topishi kutilayotgan muammolar esa korxona va tashkilotlar zimmasiga yuklatilib, ularning ijrosi nazorat ostiga olingan.

Shuningdek, tuman va shahar 4-sektor hududlarida sayyor qabullar rejasi ishlab chiqilgan boʻlib, Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi ishtirokida xalq bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot yoʻlga qoʻyiladi va buning natijasida aholi muammolari joyida bartaraf etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aholi muammolari oʻrganilmoqda (foto)