18:53 / 02.04.2019
3 855

Kitob ulashish orqali ziyo, mehr ulashishga ham erishiladi (foto)

Kitob ulashish orqali ziyo, mehr ulashishga ham erishiladi (foto)
Soʻngi yillarda mamlakatimizda aholi, xususan yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, mutoala madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 19 mart kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida maktablarga kitob sovgʻa qilish toʻgʻrisida bildirgan tashabbusini qoʻllab-quvvatlash maqsadida har bir tashkilot oʻzgacha yondashuv bilan kirishdi.

Jumladan, Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi Abdujalil Qurbonov ham viloyatning Qibray tumanidagi 28-maktabga 100dan ortiq oʻzbek va jahon adabiyotining eng nodir asarlaridan tashkil topgan kitoblar jamlanmasini tuhfa qildi.

“Kitob –inson uchun eng yaxshi sovgʻa”-deydi, Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Alavitdin Inagamov. Darhaqiqat, ushbu loyiha yosh avlodning kitobga boʻlgan qiziqishini, mehrini va intilishini oshirish, kitobxonlikni ommaviylashtirish, ulugʻ bobolarga munosib avlodni voyaga yetkazishda muhim hayotiy ahamiyatga egadir.

Tadbirda soʻz olganlar, jahon va oʻzbek adabiyotining eng nodir asarlaridan tashkil topgan bu kitoblar oʻquvchilarning bilim choʻqqilarini zabt etishlari uchun muhim poydevor ekanligini taʼkidlab oʻtdilar.

Shuningdek, oʻquvchilar bu tadbirga katta hissa qoʻshgan Davlat soliq boshqarmasi boshligʻi Abdujalil Qurbonov, oʻrinbosarlar Alavitdin Inagamov va Farxod Tuxliyev hamda viloyatning soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlim boshligʻi Karim Jumayevga, Qibray tumani davlat Soliq inspeksiyasi boshligʻi Akmal Tillayevga oʻz minnatdorliklarini bildirdilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kitob ulashish orqali ziyo, mehr ulashishga ham erishiladi (foto)