11:15 / 03.04.2019
6 133

“Karvon” bozori sobiq direktorining uyi 35 mlrd soʻm boshlangʻich narx bilan savdoga qoʻyildi

“Karvon” bozori sobiq direktorining uyi 35 mlrd soʻm boshlangʻich narx bilan savdoga qoʻyildi
Foto: OʻzA
Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi suv boʻyida joylashgan, “Oʻrikzor” dahasidagi ulgurji Karvon bozorining sobiq direktori Dmitriy Limga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk obyekti savdoga qoʻyildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Mazkur uy-joy majmuasining boshlangʻich narxi 35 536 900 759 soʻm etib belgilangan.
Uchtepa tumani, Sakkokiy koʻchasi, 3-a uydagi bino va inshoot. Umumiy maydoni 4,3000 gektar, inshoot maydoni 20628 kvadrat metr.
Auksion oʻtkazilish sanasi 2019 yil 29 aprel.

Foto: OʻzA
Eslatib oʻtamiz, onlayn-auksion imkoniyatlari yanada kengaygan. Oʻzbekiston Prezidentining 2019 yil 19 fevraldagi “Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasida quyidagi savdolar amalga oshiriladi:
  • davlat mulki obyektlarini (aksiyalardan tashqari) sotish boʻyicha auksionlar;
  • 2019 yil 1 iyuldan boshlab davlat koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish boʻyicha auksionlar.

Bundan tashqari, 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narx boʻyicha qoʻyilgan davlat koʻchmas mulk obyektlari ular toʻliq sotilmagunga qadar savdolardan olinmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Karvon” bozori sobiq direktorining uyi 35 mlrd soʻm boshlangʻich narx bilan savdoga qoʻyildi