15:06 / 03.04.2019
3 936

“Bozor ishi” boʻyicha kimlar sudlanmoqda?

“Bozor ishi” boʻyicha kimlar sudlanmoqda?
Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudida poytaxtdagi qator bozorlar rahbarlariga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Kun.uzʻga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabar qildi.

Oliy sud matbuot xizmatidan OʻzAga maʼlum qilishlaricha, Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudida sudlanuvchilar:
R.Abdumajitov – Toshkent shahar savdo va ishlab chiqarish departamenti boshligʻi lavozimida ishlagan;
R. Rasulov – “Toshkent oziq-ovqat zaxirasi” DK direktori lavozimida ishlagan;
D. Arifjanov – “Isteʼmolda boʻlgan transport vositalari va ehtiyot qismlari Sergeli bozori” MCHJ direktori lavozimida ishlagan;
D. Tillyaxodjayev – “Navroʻz davlat qabullar uyi” DK direktori lavozimida ishlagan;
O.Mustayev – “Yunusobod dehqon bozori” AJ direktori lavozimida ishlagan;
B. Yusupov – “Yunusobod dehqon bozori” AJ direktori lavozimida ishlagan;
D. Muratov – “Oʻrikzor savdo kompleksi” MCHJ direktori lavozimida ishlagan;
B. Abdumajitov – “Poytaxt Nastarin Gullari” MCHJ taʼsischisi;
F.Mirxaydarov – Toshkent shahar hokimligi Binolardan foydalanish departamenti boshligʻi lavozimida ishlagan;
I.Sabirov – “Chorsu buyum savdo kompleksi” AJ direktori lavozimida ishlagan;
A. Odilov – “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJning yuk saqlash omborxonasida nazoratchi-kassir lavozimida ishlagan;
Sh. Tursunov – “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJning shartnoma va nazorat boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlagan;
O. Masharipov – “Eski Juva dexqon bozori” AJ direktori lavozimida ishlagan;
D. Mirtadjiyev – “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ direktori lavozimida ishlagan;
B. Toshmatov – “Bek toʻpi savdo kompleksi” MCHJ direktori lavozimida ishlagan;
S. Djamalov – “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJning yuk saqlash omborxonasi brigadiri lavozimida ishlagan;
B. Rixsibayev – “Manzur Guzari” MCHJ rahbari;
M.Sultanov – “Toshkent Tantana Servis” MCHJ direktori lavozimida ishlagan;
M. Muminov – “Toshkent Sayohat Servis” MCHJ direktori;
F. Axmadjonov – “Imkon Agro” MCHJ direktori;
A.Usmonov, Z.Avazovlarga nisbatan jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudi sudyasi Sarvar Karimov raisligida hamda xalq maslahatchilari A. Nishonov va M. Miragʻzamovdan iborat sud tarkibida koʻrib chiqilmoqda.

Sudlanuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165- (tovlamachilik), 167- (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish), 168- (firibgarlik), 184- (soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash), 189- (savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish), 192-1 (xususiy mulk huquqini buzish), 205- (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish), 208- (hokimiyat harakatsizligi), 209- (mansab soxtakorligi), 210- (pora olish), 228- (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish), 243- (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

Bildirilishicha, hozirgi kunda sudlanuvchilarning koʻrsatmalari tinglanmoqda.
Bundan oldin, “Bek Toʻpi” bozori sobiq rahbari 57 yashar Shukrillaxon Ergashev hibsxonada vafot etgani xabar qilingandi.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning avgust oyida Toshkentdagi yirik bozorlarning rahbarlari rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish ishi boʻyicha qoʻlga olingani haqida xabarlar tarqaldi.

Sentabr oyida Bosh prokuratura tomonidan Toshkent shahridagi Savdo, xizmat koʻrsatish sohasi va xalq isteʼmol mollari ishlab chiqarish departamenti va “Bek toʻpi savdo kompleksi”, “Chorsu buyum savdo kompleksi”, “Chilonzor buyum savdo majmuasi”, “Oʻrikzor savdo kompleksi” bozorlari, “Eski Joʻva dehqon bozori”, “Yunusobod dehqon bozori” dehqon bozorlari va “Sergeli avtotransport va ehtiyot qismlari bozori” mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish tergov qilinayotgani haqida maʼlumot berildi.

2018 yil noyabr oyida “Chilonzor buyum savdo kompleksi” AJ boʻlim boshligʻi lavozimida ishlagan Dilshod Abdullayev 1-sonli Toshkent tergov izolyatorida vafot etgandi. Abdullayevni 97 kun davomida “Toshturma”da saqlashgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Bozor ishi” boʻyicha kimlar sudlanmoqda?