06:38 / 04.04.2019
3 170

Putinning maslahatchisi: “Rossiyadagi oʻzbekistonliklar muammolari endi chuqur oʻrganiladi”

Putinning maslahatchisi: “Rossiyadagi oʻzbekistonliklar muammolari endi chuqur oʻrganiladi”
Rossiya prezidenti huzuridagi fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari boʻyicha Kengashi raisi Mixail Fedotov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi Toshkent shahriga keldi.

“Chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazlarida boʻlib turgan oʻzbekistonliklar imkon qadar tezroq oʻz uylariga qaytishlaridan barchamiz manfaatdormiz. Bugun biz imzolagan memorandum mana shunday, oddiy, ammo insonlar uchun juda muhim boʻlgan masalalar yechimi sari qoʻyilgan hamkorlik qadami hisoblanadi”, dedi chorshanba kuni Toshkentda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Rossiya yuridik forumi davomida RF prezidenti maslahatchisi Mixail Fedotov.

3 aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida “Inson huquqlari madaniyati rivojlanishining dolzarb muammolari: Oʻzbekiston va Rossiya tajribasi” mavzusida Oʻzbekiston-Rossiya yuridik forumi oʻtkazildi. Tadbir platformasida Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Milliy Markazi va Rossiya prezidenti huzuridagi fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson huquqlari boʻyicha Kengash oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Rossiya prezidenti maslahatchisi ushbu memorandumning ikki davlat fuqarolari uchun ahamiyati haqida toʻxtalar ekan, endilikda Rossiyada mamlakat fuqarolari huquqlari qanday himoya qilinsa, Oʻzbekiston fuqarolari huquqlari ham shu darajada muhofaza qilinishini alohida taʼkidlab oʻtdi.

«Rossiyada Oʻzbekiston fuqarolari soni anchagina. Ular turli masalalar bilan Rossiyaga kelganlar: kimdir ilmiy masalada, yana kimlardir oilaviy sabablarga koʻra. Mehnat masalalari boʻyicha kelganlar soni ham anchagina. Shunday ekan, bu insonlarning har birida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, men regionlarimizdagi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazlariga tez-tez borib turaman. Va u yerda koʻplab turli davlatlar fuqarolarini uchrataman. Deylik, afrikaliklar, Lotin Amerikasi fuqarolari hamda boshqa davlat fuqarolarini. Bu yerda vaqtinchalik saqlanayotgan shaxslar oddiy muammoga duch kelishgan. Yaʼni chet el fuqarolari ayni vaqtda kuchini yoʻqotmagan pasportga ega emas yoki bu hujjatni yoʻqotgan. Shunday ekan, u qanday qilib oʻz uyiga qaytadi, degan savol yuzaga keladi. Bu uchun esa oʻsha fuqaro vatanga qaytish huquqini beruvchi maʼlumotnomani qoʻlga kiritishi lozim. Bu maʼlumotnomani unga oʻz mamlakati Tashqi ishlar vazirligi orqali oladi.

Ayrim konsulliklar tez ishlaydilar, baʼzilari bu uchun elektron pochtadan foydalanadilar, ayrimlari esa “yoʻq, biz faqat dippochtadan foydalanishimiz mumkin” deb aytishadi. Vaholanki, bu turdagi maʼlumotnomada maxfiy maʼlumot yoʻq. Shunday ekan, ortiqcha muammolarni yuzaga keltirishning nima keragi bor? Muammolar esa odamlar uchun yuzaga keltiriladi. Negaki, deylik, bir necha kundan soʻng, RF tomonidan moliyalashtirilishi evaziga oʻz uyiga yoʻl olishi mumkin boʻlgan shaxs, buning oʻrniga chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazida yashashga majbur boʻladi. Toʻgʻri, u yerda qulf ostida boʻlsa ham, sharoitlar qilingan, shunday boʻlsada, u yer maroqli hordiq chiqaradigan maskan emas, baribir», – dedi Fedotov va bunday shaxslarni tezroq uyiga qaytarishdan bugungi kunda hamma manfaatdorligini qoʻshimcha qildi.

Ishonamanki, Akmal Xolmatovich (Saidov, tahr.) bilan birgalikda bu kabi, juda oddiy, ammo insonlar uchun muhim boʻlgan masalalar yechimida hamkorlik qilamiz. Bugun imzolagan memorandumimiz oldida turgan vazifalardan biri mana shundan iborat, dedi Rossiya prezidenti maslahatchisi.

Manba: sputnik.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Putinning maslahatchisi: “Rossiyadagi oʻzbekistonliklar muammolari endi chuqur oʻrganiladi”