07:20 / 04.04.2019
3 178

[sup]Foto: Andrey Rudakov / Bloomberg[/sup] Rossiyaning Wildberries internet-doʻkoni 2019 yilda Yevropa Ittifoqi va MDH mamlakatlari bozorlariga kirib borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Daryo [url=https://daryo.uz/k/2019/04/03/rossiyaning-eng-qimm

[sup]Foto: Andrey Rudakov / Bloomberg[/sup]  Rossiyaning Wildberries internet-doʻkoni 2019 yilda Yevropa Ittifoqi va MDH mamlakatlari bozorlariga kirib borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Daryo [url=https://daryo.uz/k/2019/04/03/rossiyaning-eng-qimm
Foto: Andrey Rudakov / Bloomberg
Rossiyaning Wildberries internet-doʻkoni 2019 yilda Yevropa Ittifoqi va MDH mamlakatlari bozorlariga kirib borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Daryo xabar berdi.

“Bu yil biz Yevropaga, imkoniyati paydo boʻlsa MDHning boshqa mamlakatlariga ham chiqishni rejalashtirmoqdamiz. U yerda oʻz faoliyatimizni boshlash uchun bir necha mamlakatlar bor, lekin hozircha aynan qaysilari ekanligi haqida gapirmayman”, — deydi internet-doʻkon asoschisi Tatyana Bakalchuk.

Bakalchuk kompaniya doʻkonlari paydo boʻlishi mumkin boʻlgan mamlakatlar orasida Ozarbayjon, Gruziya va Oʻzbekiston borligini maʼlum qilgan.

Wildberries internet-doʻkoni turli xil toifadagi mahsulotlarni sotish bilan shugʻullanadi. Jumladan, oʻyinchoqlar, sport va bolalar ozuqasi, elektronika, kitoblar va hokazo.

2018 yilda kompaniya daromadi 1,7 milliard dollarga yetgan. Tatyana Bakalchuk Wildberriesʻning yagona egasi hisoblanadi. Yil yakunlariga koʻra, Wildberries Rossiyaning eng qimmat internet-kompaniyalari reytingida toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Bakalchuk esa Rossiyaning ikkinchi milliarder ayoliga aylangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » [sup]Foto: Andrey Rudakov / Bloomberg[/sup] Rossiyaning Wildberries internet-doʻkoni 2019 yilda Yevropa Ittifoqi va MDH mamlakatlari bozorlariga kirib borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Daryo [url=https://daryo.uz/k/2019/04/03/rossiyaning-eng-qimm