06:35 / 05.04.2019
3 259

Toshkentda tezlikni o‘lchash yangi turdagi mobil qurilmalari joriy qilinadi

Toshkentda tezlikni o‘lchash yangi turdagi mobil qurilmalari joriy qilinadi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahrida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy tizimlarni joriy qilish» investitsiya loyihasini tatbiq etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi «ABL-Soft & SS» mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda «Toshkent shahrida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda zamonaviy tizimlarni joriy qilish» investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha taklifi ma’qullanishi mumkin.

Bunda, mahalliy korxona tomonidan ishlab chiqilgan, umumiy qiymati 8 mlrd. so‘m bo‘lgan 10 dona «AutoCon – SC/M TR.uz» va 15 dona «AutoCon – SC/S TR.uz» tezlikni o‘lchash yangi turdagi mobil qurilmalari va uni tasarruf etishga zarur bo‘lgan barcha jamlanmalar Toshkent shahrida joriy qilinadi.

Loyiha doirasida quyidagi shartlar belgilanadi:
  • yo‘l harakati qoidalari buzilishini foto-video fiksatsiya qilishning avtomatlashtirilgan tizimi 2019 yilda Toshkent shahri hududida Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi harakat xavfsizligi kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi qoshida joriy etiladi;
  • Loyihani amalga oshirish va moliyalashtirish davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida Investor tomonidan investitsiyalar hisobidan amalga oshiriladi;
  • investitsiyaviy xarajatlarni qaytarish uchun Loyiha buyurtmachisi –Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi mas’ul hisoblanib, joriy qilinayotgan avtomatlashtirilgan tizim Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi balansiga beriladi.

Belgilanishicha, o‘rnatilgan avtomatlashtirilgan tizim yordamida aniqlangan yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima summasi quyidagicha yo‘naltiriladi:

50 foiz – Toshkent shahar hokimligi uchun G‘aznachiligida ochiladigan maxsus hisob raqamga. Ushbu ochilgan maxsus hisob raqamda jamlangan mablag‘lar smeta hujjatlariga asosan “Toshkent shahar Yo‘l harakatini boshqarishning texnik vositalarini o‘rnatish va foydalanish departamenti” davlat muassasasiga va shu muassasaning moddiy texnika bazasini mustahkamlashga;
35 foiz – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar bosh boshqarmasining maxsus fondiga;
15 foiz – shartnomada belgilangan investitsiyaviy xarajatlarning hajmi to‘liq qoplanguniga qadar Investor hisobiga.

Belgilanishicha, investitsiyaviy xarajatlar to‘liq qoplangandan so‘ng, mazkur qarorda nazarda tutilgan jarima summasining Investorga tegishli ulushi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar bosh boshqarmasining maxsus fondiga yo‘naltiriladi.

Belgilanishicha, o‘rnatiladigan mobil qurilmalari majmualarning joylashishi Toshkent shahar hokimligi bilan kelishiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar bosh boshqarmasiga Loyihani amalga oshirish doirasida, istisno tariqasida, investor bilan tender va tanlov savdolarini o‘tkazmasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda tezlikni o‘lchash yangi turdagi mobil qurilmalari joriy qilinadi