20:55 / 04.04.2019
2 857

AQSh siyosatchisi: «Musulmonlar haqidagi fikrlarni o‘zgartirishning vaqti keldi»

AQSh siyosatchisi: «Musulmonlar haqidagi fikrlarni o‘zgartirishning vaqti keldi»
Musulmonlar haqidagi qonun loyihasini Kongressga taqdim etgan AQSh vakillar palatasi a’zosi, demokrat Chu xonim: “Men musulmonlar haqidagi fikrlarni o‘zgartirish zarurligini tushunib yetdim”, deya fikr bildirgan. Chu xonim AQSh Kongressiga saylangan ilk xitoylik siyosatchi sanaladi. U amerikalik musulmonlar tarixi va ularning millat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini haqqoniy e’tirof etganini AA (Anadolu ajanı) muxbiriga ma’lum qilgan. Kongressdagi beshta katta musulmon davlatlaridan to‘rttasini birlashtirgan Osiyo-tinch okeani konvensiyasini 2011 yildan buyon boshqarib kelayotgan Chu xonim, Tramp ma’muriyati tomonidan musulmonlarning AQShga sayohat qilishlariga nisbatan taqiq joriy etilganidan juda ham xafa bo‘lganini ta’kidlagan. Siyosatchining ishonch bilan aytishicha, mazkur qonun loyihasi amerikalik musulmonlarning tarixi va ularning mamlakat rivojiga qo‘shgan hissalarini e’tirof etilishida katta yordam ko‘rsatadi.

Amerikalik musulmonlarning hissasi haqida gapirishga majburmiz

Amerikaga sayohat qilish taqiqini bekor qilish maqsadida, o‘zining saylov uchastkasi bo‘lgan Los Anjelesdagi xalqaro aeroportda tutqinlikda ushlab turilgan musulmonlarni ozod qilish uchun yo‘lga chiqqan Chu xonim: “O‘shandan beri ushbu taqiqni bekor qilish uchun qo‘limdan kelgan barcha harakatni qilyapman. Va, nihoyat musulmonlar haqidagi tushunchalarimizni o‘zgartirishimiz kerakligini va amerikalik musulmonlarning bu mamlakatga qo‘shgan hissalari haqida gapirish zarur, degan to‘xtamga keldim. Shu sababdan ham AQShdagi musulmonlarning erishgan yutuqlari haqidagi qonun loyihasini taqdim etayotganimdan bag‘oyat mamnunman” dedi. Siyosatchi Oq uy ma’muriyatining Yangi Zelandiyadagi xunrezliklarga nisbatan o‘ta sovuqqonlik bilan munosabatda bo‘lganini ham tanqid ostiga olgan.

Amerikalik musulmonlar nomzodlari bilan uchrashdi

Vashingtonga AQShning turli shtatlaridan “V musulmonlar huquqlarini himoya qilish kuni” tadbiriga kelgan musulmonlar bilan uchrashgan Chu xonim: “Biz hammamiz AQShni yanada yaxshi mamlakat qilish uchun harakat qilishimizdan faxrlanaman. Kimning qayerdan kelgani yoki qanday ibodat qilishidan qat’i nazar, AQSh hamma uchun teng imkoniyatlar yaratib beradigan davlat ekaniga hammamiz ishonamiz” dedi.

U AQSh jamiyatida Muhammad Alidan tortib Karim Abdujabbor kabi yetakchi musulmonlar borligini hamda AQSh Kongressiga saylangan ikki muslima siyosatchi, biri somalilik Ilham Omar va boshqasi falastinlik bo‘lgan Rashida Tlaibning faoliyati, shuningdek bir qancha madaniyat hamda san’at sohasidagi mashhur musulmonlar haqida gapirib o‘tgan. Uning aytishicha, amerikalik musulmonlarning ijodkorligi, yutuqlari, aqliy salohiyati va mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissalarini o‘zida ifoda etgan mazkur qonun loyihasi demokratlar vakillar palatasida ko‘pchilik ovozga ekani bois qabul qilinishi mumkin.

Manba: Islom.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSh siyosatchisi: «Musulmonlar haqidagi fikrlarni o‘zgartirishning vaqti keldi»