08:20 / 06.04.2019
4 915

O‘zbeklar dunyoda eng nosog‘lom ovqatlanuvchi millatlardan ekan

O‘zbeklar dunyoda eng nosog‘lom ovqatlanuvchi millatlardan ekan
O‘zbekistonliklar dunyoda eng nosog‘lom ovqatlanadigan xalqlardan bo‘lib chiqdi. Kundalik ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar va ular sabab bo‘laëtgan o‘lim soni bo‘yicha dunëning 195 davlatida o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot xulosasiga ko‘ra¸ bunday o‘lim soni bo‘yicha O‘zbekiston dunëda birinchi o‘rinda turar ekan.
Isroilliklar sog‘lom (sifatli) ovqatlanish bo‘yicha dunyoda peshqadam. Undan keyingi ahvoli durustroqlar fransuzlar, ispanlar va yaponlar.

Bu nega muhim: tadqiqotga ko‘ra yiliga har 100 ming o‘zbekistonlikdan 892 nafari nosog‘lom ovqatlanish bilan bog‘liq yurak-qon tomir¸ saraton va diabet 2 kabi kasalliklar tufayli haëtdan ko‘z yummoqda.

Chekishdan ko‘ra nosog‘lom ovqatlanish sababli ko‘proq odam o‘ladi
Noto‘g‘ri ovqatlanish sababli yiliga dunyoda 11 million odam barvaqt hayotdan ko‘z yumadi. Bu haqda nufuzli tadqiqotda keltiriladi. Olimlarning ta’kidlashicha, noto‘g‘ri ovqatlanish odamlar hayotiga chekishdan ko‘ra ko‘proq zomin bo‘ladi. Chekish sababli yiliga o‘rtacha 8 million odam o‘ladi.

Nimani yemaslikdan ko‘ra nimani yeyishni bilish muhimroq
Ovqatlanish bilan bog‘liq o‘limning asosiy sababi fastfud emas ekan. Undan ham muhimroq faktor makro va mikro ozuqalarga to‘yingan taomlarni kam iste’mol qilish bo‘lib chiqayapti. Shuning uchun ham tadqiqotchilar ovqatlanishda sabzavotlar, meva, yong‘oq, dukkaklilarni ko‘proq yeyishni targ‘ib qilishga chaqirmoqda.

Tadqiqotda foydali va unchalik ham foydali bo‘lmagan 15 turdagi oziq-ovqatlar o‘rganilgan. Ko‘p miqdorda tuz, oz miqdorda dukkaklilar, meva-sabzavot va omega-3 yog‘lari iste’mol qilish risk faktor sifatida olingan.

Shuningdek, ko‘p miqdorda qayta ishlangan go‘sht, shakarli ichimliklar, oz miqdorda sut va ko‘kat iste’mol qilish ham risk faktor sifatida o‘rganilgan.
Shakar, transyog‘lar sog‘liq uchun zararli ekani ayni haqiqat, biroq kundalik ratsionimizda foydali yeguliklarning yo‘qligi o‘limga ko‘proq sabab bo‘ladi.
Ovqatlanish bilan bog‘liq kasalliklar orasida infarkt, insult o‘limga ko‘proq sabab bo‘ladi. Undan keyingi o‘rinlarda saraton va 2-tur qandli diabet turadi.

Tadqiqotning ko‘rsatishicha, sog‘lom ovqatlanish dunyo bo‘ylab har besh o‘limdan bittasining oldini olishga yordam beradi. Ovqatlanish ratsioni turli mintaqalarda turlicha bo‘lsa ham, hamma joyda kam meva-sabzavot va ko‘p tuz iste’mol qilish ovqatlanish bilan bog‘liq o‘lim holatlarining yarmiga sabab bo‘ladi:

- Me’yordan ortiq tuz iste’mol qilish – 3 million o‘lim.
- Donli mahsulotlarning yetishmasligi – 3 million o‘lim.
- Yetarli darajada meva yemaslik – 2 million o‘lim.
"Odamlarni shakar, tuz va yog‘ni kamaytirishga undab kelindi. Holbuki, ularga sog‘lom variantlarni taklif qilish kerak", – deydi tadqiqotchilar.

“Umuman olganda odamlar almashtirishga yo‘q deyishmaydi. Agar ular bir narsani ko‘proq yesa, boshqa narsani kamaytirishadi”, – deydi tadqiqot mualliflaridan Ashkan Afshin.

Uning aytishicha, meva, sabzavot, yong‘oq va dukkaklilar iste’mol qilish bo‘yicha yuqori o‘rinda turuvchi O‘rta dengiz davlatlari, Livan, Isroil va Eron yaxshi ko‘rsatkich qayd etgan. Ammo birorta ham davlat aholisining ratsioni risoladagidek emas.

Manba: Minbar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbeklar dunyoda eng nosog‘lom ovqatlanuvchi millatlardan ekan