19:24 / 05.04.2019
3 953

Prezident Qarshi va Marg‘ilon shaharlari rahbarlari: «Shaharga ega yo‘qmi?»

Prezident Qarshi va Marg‘ilon shaharlari rahbarlari: «Shaharga ega yo‘qmi?»
Prezident yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha Davlat byudjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinchi yarim yillik uchun belgilangan ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor davomida Qashqadaryo viloyatining Qarshi va Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahri rahbarlari faoliyatini tanqid qildi.

«Joriy yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq yuki 30 foizga kamaytirilgan bo‘lsada, 135 ming nafar tadbirkor yoki tadbirkorlarning 36 foizi faoliyatini vaqtinchaga to‘xtatgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga ko‘pdir.

Ayniqsa Marg‘ilon shahrida 1800 nafar, bu 38 foiz, Qarshi shahrida 1500 nafar tadbirkor, ya’ni tadbirkorlarning 33 foizi faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Ushbu shaharlar hokimlari bu holatni qanday izohlaydi?

Shuning uchun, Marg‘ilon shahri rahbarlari va Qarshi shahri rahbarlari (hokim, iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, bosh soliqchisi, hisob komissiyasi rahbari - tahr.) tushuntirish bersin.

Janob Ro‘ziyev (Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev), siz nima deysiz? Qarshi shahriga ega yo‘qmi? Shu 1500 tadbirkorni sizlab, dardi eshitilganida ular albatta ishlagan bo‘lardi, byudjetga pul tushardiku?

Tadbirkorlar bilan ishlash oson emas. Viloyat hokimiga topshiriq, ikkinchi chorakda qo‘shimcha 30 foiz tushum, 30 foiz eksport», degan prezident.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Qarshi va Marg‘ilon shaharlari rahbarlari: «Shaharga ega yo‘qmi?»