Chjou Yang Ming: "O‘zbek baxshichiligidan xitoyliklar bahramand bo‘lishadi"

  • 05 aprel 2019, 23:58
  • 350
  • Jamiyat
  • Chjou Yang Ming: "O‘zbek baxshichiligidan xitoyliklar bahramand bo‘lishadi"
    – Men O‘zbekistonda birinchi marta bo‘lib turibman. O‘zbek xalqining boy madaniyati haqida, ochig‘i, juda kam ma’lumotga ega edim. Bu festival menga xalqingizning madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini berdi. Aslida Xitoyda ham xalq og‘zaki ijodi bir necha ming yillik tarixga ega. Azaldan xalqimizda turli ertak, afsona, ibratli voqealarni ta’sirli qilib aytib beruvchilar bo‘lgan. Bu qaysidir ma’noda sizning baxshichilik san’atingizga ham o‘xshab ketadi. Men, albatta, bu haqda batafsil yozaman va xitoylik muxlislarimizni O‘zbekistonning baxshichilik san’ati haqidagi bilimlarini boyitishga o‘z hissamni qo‘shaman.

    Manba: Hordiq.uz

    » » Chjou Yang Ming: "O‘zbek baxshichiligidan xitoyliklar bahramand bo‘lishadi"