06:36 / 06.04.2019
3 473

Moskvadan Urganchga uchib kelgan yo‘lovchi telefonida o‘ta xavfli videolar borligi aniqlandi

Moskvadan Urganchga uchib kelgan yo‘lovchi telefonida o‘ta xavfli videolar borligi aniqlandi
Foto: O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati
Urganch xalqaro aeroportida Moskvadan kelgan yo‘lovchi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, uning telefonida ko‘plab aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi videolar aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, «Moskva-Urganch» aviareysi bilan uchib kelgan fuqaro Sh.M «yashil yo‘lak» orqali harakatlanayotganida uning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortgan.

Shundan so‘ng, fuqaro xolislar ishtirokida belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazilganida, uning uyali telefoni xotirasidan 81 dona diniy mazmundagi audio eshittirish va 143 dona diniy mazmundagi video lavhalar borligi aniqlangan.

Ekspert xulosasiga ko‘ra, aniqlangan audio va video lavhalar aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallar ekanligi tasdiqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 246-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Moskvadan Urganchga uchib kelgan yo‘lovchi telefonida o‘ta xavfli videolar borligi aniqlandi