07:13 / 06.04.2019
4 409

Parizoda konferensiyaning yarmida nima uchun yig‘lab chiqib ketganligiga izoh berdi

Parizoda konferensiyaning yarmida nima uchun yig‘lab chiqib ketganligiga izoh berdi
— Bir necha yil oldin milliy raqs san’ati mavzusida o‘tkazilgan konferensiyaning yarmida yig‘lab chiqib ketganligingiz ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo‘lgandi…

— Hamisha o‘zimga aytilgan o‘rinli tanqidlardan to‘g‘ri xulosa chiqaraman. Ammo o‘shanda raqs san’atiga aloqasi yo‘q odamlar oldida o‘rinsiz tanqid qilishganida, ko‘zim yoshlanib, yuragimga og‘ir botgan va ustozlarga behurmatlik qilib, yuzlariga gap qaytarishni ep ko‘rmay, majlisdan chiqib ketishga majbur bo‘lganman.

Ish bor yerda xato bo‘lishini barchamiz yaxshi bilamiz. Ustozlar biror marta yoniga chaqirib, xatolarimizni yuzimizga aytib, to‘g‘rilashga ko‘maklashmaydi. Tinimsiz ijod qilayotganim uchun doim tanqid ostida qolaman. San’atning ortidan juda ko‘p aziyat chekkanman, hatto sudlanib ham chiqqanman. Raqs san’atini inqirozdan qutqarish uchun avvalo, shu sohadagi muhit — bir-birini ko‘rolmaslik, oyog‘iga bolta urish, g‘iybatlarni yo‘q qilish kerak. Ustozlarning aksariyati bilan ishlab ko‘rganman, lekin ular sahnalashtirgan raqsdan yuragim «jiz» etmagan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Parizoda konferensiyaning yarmida nima uchun yig‘lab chiqib ketganligiga izoh berdi