16:31 / 06.04.2019
3 305

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida bo‘ladigan Xalqaro baxshichilik san’ati festivalining ochilish marosimida ishtirok etish uchun bugun Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbarining 2018 yil 1 noyabrdagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan mazkur festivalga katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, tanlov qatnashchilari va mehmonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Folklor-etnografik chiqishlar, sayyohlik maskanlariga tashriflar, ilmiy konferensiya va ko‘rgazmalarni o‘z ichiga olgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturi tayyorlangan, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, festival 10 aprelgacha davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga jo‘nab ketdi