12:15 / 07.04.2019
3 432

DSQ: Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ishdan bo‘shatilmadi

DSQ: Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ishdan bo‘shatilmadi
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasining shaxsiy tarkibi ishdan bo‘shatilgani haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq, deb ma’lum qildi Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda faqatgina Toshkent shahar Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbari lavozimidan ozod etilgan. Boshqa xodimlarni ishdan bo‘shatish to‘g‘risida hech qanday buyruq qabul qilinmagan.

“Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 4 aprel kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishi davomida Toshkent shahridagi qator tumanlar davlat soliq inspeksiyalari shaxsiy tarkibini yangilash haqida topshiriq bergan”, deyiladi matbuot xizmati tomonidan.

Qayd etilishicha, Davlat soliq qo‘mitasida videoselektorda belgilangan ustuvor vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Sergeli, Yunusobod, Bektemir va Shayxontohur tumanlari inspeksiyalari boshliqlarining o‘z lavozimidan ozod etilgani to‘g‘risidagi Davlat soliq qo‘mitasining buyrug‘i e’lon qilindi.

Xabar qilinishicha, tanqidiy tahlil ruhida o‘tgan yig‘ilishda Toshkent shahri davlat soliq xizmati organlarining shaxsiy tarkibi faoliyatini zudlik bilan ko‘rib chiqish, ularning lavozimga layoqatliligini baholash bo‘yicha maxsus ishchi komissiyasi tuzildi. Shuningdek, maxsus ishchi komissiya zimmasiga zamonaviy dunyoqarashga ega, o‘z ishiga mas’uliyatli yosh mutaxassislarni jalb qilish vazifasi qo‘yildi.

“Bugungi kunda maxsus ishchi komissiya Toshkent shahar Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlarining lavozimga layoqatliligini o‘rganmoqda. Bu haqda batafsil axborot beriladi”, deyiladi DSQ matbuot xizmati xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DSQ: Shayxontohur tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ishdan bo‘shatilmadi