13:03 / 07.04.2019
3 512

«Jonidan to‘yib» o‘zini kanalga tashlamoqchi bo‘lgan ayol asrab qolindi

«Jonidan to‘yib» o‘zini kanalga tashlamoqchi bo‘lgan ayol asrab qolindi
3 aprel kuni soat 20.10 atrofida Samarqand viloyati IIB 7-son tergov hibsxonasi nazoratchisi Kattaqo‘rg‘on shahridan oqib o‘tuvchi Narpay kanali ko‘prigi ustida ayol kishining «jonimdan tuydim» degan ovozini eshitib qolib, bu haqda qorovullar boshlig‘iga xabar beradi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan qorovullar boshlig‘i ko‘prik ustidan o‘zini Narpay kanaliga tashlamoqchi ayolni to‘xtatib qoldi.

Shundan so‘ng xizmatdagi zobitlar tomonidan u bilan profilaktik suhbat olib borildi. Suhbat jarayonida ayol Kattaqo‘rg‘on shahrida yashashi, oilaviy kelishmovchilik sababli o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Jonidan to‘yib» o‘zini kanalga tashlamoqchi bo‘lgan ayol asrab qolindi