09:46 / 09.04.2019
3 562

Toshkentda IIBB xodimi piyodani urib yubordi

Toshkentda IIBB xodimi piyodani urib yubordi
Joriy yilning 6 aprel kuni soat 19:30 larda Lacetti rusumli xizmat avtomashinasini tegishli hujjatlar asosida boshqarib kelayotgan IIBB xodimi U.Q. Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi, 4-uy qarshisida piyodalar o‘tishi belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda M.Z.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Daryo»ga ma’lum qildi.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan M.Z. shu kuni soat 23:40 da Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi «Jonlantirish» bo‘limida vafot etgan.

O‘tkazilgan sud tibbiy ekspertizasining 07.04.2019 yildagi dastlabki xulosasiga ko‘ra, M.Z.ning o‘limi «bosh miya yopiq jarohati, ko‘krak qafasi yopiq jarohati, o‘ng boldir suyaklarini jarohatlari» natijasida kelib chiqqanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan 08.04.2019 yilda Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda IIBB xodimi piyodani urib yubordi