10:06 / 09.04.2019
4 046

Noqonuniy tarzda lochin ovlamoqchi bo‘lgan Saudiya Arabistoni fuqarosi aeroportda ushlandi

Noqonuniy tarzda lochin ovlamoqchi bo‘lgan Saudiya Arabistoni fuqarosi aeroportda ushlandi
Foto: «Podrobno.uz»
Noqonuniy ravishda lochin ovlamoqchi bo‘lgan Saudiya Arabistoni fuqarosi Toshkent aeroportida qo‘lga olindi deb xabar qilmoqda Rodrobno.uz nashri.

Xabarda aytilishicha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bojxona xizmati bilan birgalikda 4 aprel kuni BAAning Dubay shahridan uchib kelgan Saudiya Arabistoni fuqarosi yo‘qolib borayotgan yovvoyi fauna va flora turlari bo‘yicha xalqaro savdo-sotiq faoliyati tartibini buzgan holda, 2 ta lochinni olib kirishiga to‘sqinlik qilgan.

Yirtqich qushlarni ovlash uchun chet el fuqarosi o‘zi bilan tuzoq ham olib kelgan. Balki, uning mazkur qushlarni O‘zbekistonga olib kelishdan maqsadi – lochin ovini tashkillashtirish bo‘lgan.

Hozirgi vaqtda qushlar vaqtincha musodara qilinib, maxsus ixtisoslashtirilgan qarovxonada saqlashga topshirilgan.
Shuningdek, chet el fuqarosini qonun bilan belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Noqonuniy tarzda lochin ovlamoqchi bo‘lgan Saudiya Arabistoni fuqarosi aeroportda ushlandi