23:30 / 09.04.2019
3 564

Buxoroda yuk mashinasi va poyezd toʻqnashuvida turk fuqarosi halok boʻlgan (video)

Buxoroda yuk mashinasi va poyezd toʻqnashuvida turk fuqarosi halok boʻlgan (video)
2019 yil 8 aprel kunidan 9 aprel kuniga oʻtar kechasi soat 01:15larda Buxoro viloyati Qorakoʻl tumani, “Solur” MFY hududidan oʻtuvchi “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi” yoʻnalishidagi Xalqaro M-37 avtomabil yoʻlida YTH yuz bergan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining Kun.uzʻga xabar berishicha, Qandim GPZ temir yoʻlining 2 km.da yoʻlni kesib oʻtayotgan Turkiya Respublikasi fuqarosi Z.K. oʻzining boshqaruvida boʻlgan “Mersedes-bens” rusumli tirkamali yuk avtomashinasi bilan yoʻlini kesib oʻtayotgan TЕM2-5808-raqamli teplovozning yoqilgʻi bakiga urib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan.

Natijada, Turkiya Respublikasi fuqarosi Z.K. ogʻir tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Qorakoʻl tuman IIB tomonidan JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Ayrim xabarlarga koʻra, Turkiyaning TAFA shirkatiga qarashli “Mersedes-Bens” yuk mashinasi Oʻzbekistonning Buxoro shahriga kafel olib kelayotgan boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda yuk mashinasi va poyezd toʻqnashuvida turk fuqarosi halok boʻlgan (video)