22:50 / 09.04.2019
2 823

Yangiyo‘lda chaqaloq 100 dollarga sotildi

Yangiyo‘lda chaqaloq 100 dollarga sotildi
Departamentning Yangiyo‘l shahar bo‘limi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tekshirishda, Yangiyo‘l tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli tug‘ruq bo‘limi akusher-ginekologi R.X., fuqaro Z.E.ning chaqalog‘ini fuqaro S.M. dunyoga keltirgan deb, uning nomiga tug‘ruq haqida soxta hujjatlar rasmiylashtirish orqali sotib yuborganligi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 100 AQSh dollari evaziga sotib yuborilgan 01.04.2019 yilda tug‘ilgan qiz bola go‘yoki «o‘ldi» deb xabar berilgan, bu haqda hech qanday ma’lumot qayd etmasdan, u fuqaro S.M. nomiga rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangiyo‘lda chaqaloq 100 dollarga sotildi