Chechenistonga ishlash uchun kelgan O‘zbekistonning olti nafar fuqarosi mahalliy aholi vakillaridan biri tomonidan qullikda saqlangan. U o‘zbekistonliklarni Proletarskiy qishlog‘i yaqinidagi (Grozniy aeroportidan 15 km) fermada ushlab turgan deb ma’lum qilmoqda Kun.uz nashri.
O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi chechenistonlik fermer qulligida joriy yilning yanvar oyidan bo‘lgan, yana to‘rt nafari - mart o‘rtalaridan boshlab, deya xabar berdi «Kavkaz.Realii»ga «Alternativa» tashkilotining qullik muammolari bilan ishlovchi xodimi Aleksey Nikitin.
Barcha migrantlarning hujjatlari olib qo‘yilgan, ularni og‘ir sharoitlarda ishlashga majburlashgan, deya ma’lum qildi Nikitin asirlarning qarindoshlariga tayangan holda.
Ikki o‘zbek - avvalroq kelganlar - kasallikka chalingan, ammo ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmagan.
«Qarindoshlarning so‘ziga ko‘ra, fermer muntazam ravishda o‘z ishchilarini kaltaklagan va qochishga urinishsa, ularni o‘ldirishi bilan qo‘rqitgan», - dedi suhbatdosh. Ish haqi haqida gap ham bo‘lmagan, odamlar bepul ishlashgan va kam ovqatlanishgan.
Kuni kecha bu haqdagi ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
«Kecha fermer ularga pasportlarni qaytarib berdi va taksida Krasnodarga jo‘natib yubordi. Aftidan, u bu ish oshkor bo‘lganini sezib qolgan va ularni uzoqroqqa ketkazib yuborishga qaror qilgan. Pullarini bermagan. Qarindoshlari ularga yo‘l uchun pul yuborishdi, ertaga vatanlariga qaytib ketishi kerak», - deya ta’kidlab o‘tdi Nikitin.
Вблизи грозненского аэропорта удерживают жителей Узбекистана, приехавших на заработки в Чечню, – сообщил один из них. В...
Опубликовано Журнал Дош/ DOSH Magazine Понедельник, 8 апреля 2019 г.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?