10:40 / 11.04.2019
3 283

Fattoh Shodiyev Sirdaryo viloyatini obodonlashtirish uchun 40 milliard so‘m ajratdi

Fattoh Shodiyev Sirdaryo viloyatini obodonlashtirish uchun 40 milliard so‘m ajratdi
Foto: Getty Images
Asli o‘zbekistonlik, hozirgi kunda Qozog‘istonda tadbirkorlik faoliyatini yuritib kelayotgan Fattoh Shodiyev tashabbusi bilan «Shodiyev xalqaro fondi» jamg‘armasi Sirdaryo viloyati uchun 40 milliard so‘m ajratadi.
10 aprel kuni ajratilishi rejalashtirilgan mablag‘ning qariyb 30 milliard so‘mi viloyatning maxsus hisob raqamiga kelib tushgan.

Mazkur mablag‘lar «Obod qishloq» dasturi doirasida chekka qishloqlarini obodonlashtirish, aholini turmush tarzini yaxshilash uchun yo‘naltiriladi.
Shuningdek, mablag‘ning bir qismi Xovos tumanida barpo etilayotgan Xovos city qurilishiga sarflanishi ko‘zda tutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fattoh Shodiyev Sirdaryo viloyatini obodonlashtirish uchun 40 milliard so‘m ajratdi