06:00 / 12.04.2019
3 643

DXX Andijonda 2,1 mln. AQSh dollari olib ketayotgan avtomobil to‘xtatib qolindi

DXX Andijonda 2,1 mln. AQSh dollari olib ketayotgan avtomobil to‘xtatib qolindi
Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan mamlakatimiz hududidan 2,116 mln. AQSh dollarini noqonuniy yo‘l bilan olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar berdi.

Xo‘jaobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida Andijondan Qorasuv tomon harakatlanayotgan Nexia rusumidagi avtomobil to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Natijada 30 litr sig‘imdagi plastmassa idish va 2 ta sellofan paketga joylashtirilgan valyuta ushbu avtomobilga yashirilgani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Shahrixon tumanida yashovchi shaxs olgan pul mablag‘lari Toshkentdan berib yuborilgan. Ushbu valyuta bojxona nazoratidan o‘tib borib, Qirg‘izistonga yetkazilishi kerak edi.

DXX boshqarmasi ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan va unga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha choralar ko‘ryapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX Andijonda 2,1 mln. AQSh dollari olib ketayotgan avtomobil to‘xtatib qolindi