18:16 / 12.04.2019
3 343

Yuridik universitetga o‘qishga kiritib qo‘yaman deb 11 000 dollar olgan shaxs ushlandi

Yuridik universitetga o‘qishga kiritib qo‘yaman deb 11 000 dollar olgan shaxs ushlandi
Departamentning Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro M.T.ning murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv olib borildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda fuqaro M.G. 2018 yilda yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro M.T.ni Toshkent davlat yuridik universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 11 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.G.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirgi kunda ushbu qo‘lga olingan shaxs bilan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yuridik universitetga o‘qishga kiritib qo‘yaman deb 11 000 dollar olgan shaxs ushlandi