06:00 / 13.04.2019
3 480

2019 yil yozidan mehnat shartnomasi elektron tarzda tuzilishi mumkin

2019 yil yozidan mehnat shartnomasi elektron tarzda tuzilishi mumkin
O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mehnat munosabatlarini elektron shaklga o‘tkazish imkonini beruvchi yagona milliy tizimni ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qildi.

«Tizimni 1 iyundan ishga tushirishga harakat qilmoqdamiz. Bu yil shunday vaqt keladiki, barcha ish beruvchilar mehnat munosabatlarini ushbu elektron tizim asosida rasmiylashtirishlari shart bo‘ladi. Har qanday mehnat shartnomasi, uning bekor qilinishi, bir lavozimdan boshqasiga o‘tkazish shu yerda rasmiylashtiriladi», – dedi vazir taqdimotda.

Uning qo‘shimcha qilishicha, vazirlik tizimni sinovdan o‘tkazmoqda. Istagan korxona ushbu tizimni sinab ko‘rishi va aniqlangan kamchiliklar haqida vazirlikni xabardor qilishi mumkin. tizim rasman ishga tushishidan oldin unga kiritilgan barcha ma’lumotlar o‘chiriladi.

Mehnat shartnomasi tizim orqali rasmiylashtiriladi, «aks holda mehnat munosabatlari bo‘lmaydi», ta’kidladi vazir. Xodim telefoniga SMS xabar orqali kelgan tasdiq kodi kiritilganidan so‘ng shartnoma imzoalngan hisoblanadi. Yuridik shaxs imzosi sifatida esa elektron raqamli imzo (ERI) xizmat qiladi.

«Mehnat shartnomasi davlat tilida tuziladi», – deb qo‘shib qo‘ydi Kudbiyev.
Shartnomalar avtomatik ravishda raqamlanadi.

«Raqamlar takrorlanmaydi. Barcha mehnat shartnomalari tartib bo‘yicha raqamlanadi, ya’ni hozir Toshkentda, navbatdagisi Xorazmda, keyingisi Andijonda», – dedi vazir.

Shu tarzda mehnat shartnomalarining elektron bazasi shakllanadi, u esa o‘z navbatida mehnat daftarchalarining elektron bazasini shakllantiradi. Pensiya hisoblashda mazkur tizim asosiy axborot bazasi bo‘ladi, dedi Kudbiyev.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2019 yil yozidan mehnat shartnomasi elektron tarzda tuzilishi mumkin