07:13 / 13.04.2019
4 053

Toshkentda cho‘kayotgan ona va uning 3 qizini IIBB sobiq xodimi qutqarib qoldi

Toshkentda cho‘kayotgan ona va uning 3 qizini IIBB sobiq xodimi qutqarib qoldi
Foto: IIBB
10 aprel kuni Toshkentning Olmazor tumanida Qichqiriq kanali bo‘ylab sayr qilib yurib, uch qizi bilan kanalga tushib ketgan ayolni Toshkent shahar IIBB sobiq xodimi qutqarib qoldi. Bu haqda IIBB xabarida aytiladi.

Hodisa taxminan 10:30 lar atrofida Chimboy turar-joy massivida sodir bo‘lgan. 36 yoshli ayolning 7 yoshli kichik qizi daraxtdan dovuchcha uzaman deb suvga tushib ketgan. Uni qutqarish uchun onasi o‘zini suvga tashlagan. Ayolning 9 va 14 yoshli qizlari ham yordamga shoshilib, suvga tushgan. Kichik qizni sohilga chiqarib qo‘yishgan, ammo o‘zlari cho‘ka boshlagan va odamlarni yordamga chaqirgan.

Shu yerdan o‘tib ketayotgan bir erkak baqiriqlarni eshitib, yordamga shoshilgan. O‘zini suvga otib, cho‘kayotganlarni qutqargan, so‘ng tez yordam chaqirgan. Shifokorlar ularning ahvolini qoniqarli deb topgan.

Ona-bolalarni qutqargan erkak IIBB sobiq xodimi, mayor, ayni paytda pensiyada bo‘lgan Husanboy Qurbonovich Mansurov bo‘lib chiqdi. Ayol va qizlari unga minnatdorlik izhor etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda cho‘kayotgan ona va uning 3 qizini IIBB sobiq xodimi qutqarib qoldi