Institut energetigining «oliyjanobligi» o‘ziga ziyon keltirdi (foto)

  • 13 aprel 2019, 17:53
  • 827
  • Jamiyat
  • Institut energetigining «oliyjanobligi» o‘ziga ziyon keltirdi (foto)
    Energiya resurslaridan oqilona foydalanish borasida ommaviy axborot vositalarida har kuni eslatib o‘tilayotgan, shu bilan birgalikda ularni talon-toroj qilgan huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy hamda jinoiy choralar ko‘rilayotganligi tez-tez ta’kidlanayotgan bo‘lsada ayrim iste’molchilar hamon elektr energiyasidan “bepul” foydalanishni ma’qul ko‘rmoqdalar, deya xabar beradi Kun.uz nashri.

    Foto: MIB
    MIBning Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari tomonidan shaharning Farg‘ona politexnika institutida o‘tkazilgan tadbir davomida institut bosh energetigi fuqaro M.Yu. institut uchun belgilangan elektr tarmog‘idan tashqari institut hududiga joylashtirilgan 320-sonli TPning I-seksiyasiga shahar elektr ta’minoti korxonasining “Elektr-hisob” dasturiga kiritilmagan “Energomera SE-303” rusumli elektr hisoblagichni o‘zboshimchalik bilan o‘rnatib olgan.

    Foto: MIB
    Binolarni “bepul” elektr energiyasi bilan ta’minlab kelishini oqibatida, davlat manfaatlariga jami 134 mln. 253,6 ming so‘mlik moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.

    Huquqbuzarga M.Yu. bu qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonlik bildirib, 134 mln. 253.6 ming so‘m moddiy zararni to‘liq qopladi, shu sababli unga nisbatan to‘plangan hujjatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga asosan ayblilik masalani hal qilmasdan turib jinoyat ishi qo‘zg‘atish rad etish haqida qaror qabul qilindi.

    » » Institut energetigining «oliyjanobligi» o‘ziga ziyon keltirdi (foto)