16:30 / 14.04.2019
3 404

MIB xodimi mushtumzo‘r “qarzdor” tomonidan kaltaklandi

MIB xodimi mushtumzo‘r “qarzdor” tomonidan kaltaklandi
Majburiy ijro byurosining Guliston shahar bo‘limi davlat ijrochisi A.X. fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining qarzdor A.Yu.dan undiruvchi ATB “Agrobank” Boyovut filiali foydasiga 10 133 000 so‘mlik kredit qarzdorligini undirish haqidagi ijro hujjati bo‘yicha qarzdorning Guliston shahar “Ahillik” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yashash manziliga qarzdorlikni undirish maqsadida borgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

A.X. qarzdorlikni to‘lab berishni tushuntirayotgan vaqtida, mast holatda bo‘lgan Yu.A. uyi darvozasini qulflab olgan. So‘ngra davlat ijrochisi A.X.ni bo‘ynidan bo‘g‘ib, tanasining turli joylariga qo‘li bilan urib, oyog‘i bilan tepgan. O‘ziga nisbatan yuritilgan ijro ishini olib qo‘yib, davlat ijrochisi A.X.ni xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilgan.

Holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish o‘tkazilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB xodimi mushtumzo‘r “qarzdor” tomonidan kaltaklandi