19:08 / 14.04.2019
10 286

Markaziy Osiyoning yo‘qolib borayotgan 10 turdagi jonzoti (foto)

Markaziy Osiyoning yo‘qolib borayotgan 10 turdagi jonzoti (foto)
Biz atrof-muhitda jonzotlar bilan yashashga ko‘nikib, ular doim odamlar bilan birga yashaydi, deya yanglish fikr yuritamiz.

2014 yili Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi e’lon qilgan hisobotda bayon qilinishicha, 1970 yildan buyon Yer yuzida yovvoyi hayvonlar soni ikki baravar kamaydi.

Kaktakto portali Markaziy Osiyo hududida ana shundan yo‘q bo‘lib ketish xavfiga yuz tutgan 10 turdagi jonzotlar ro‘yxatini shakllantirib, e’lon qildi. Bu haqda Kun.uz ma’lum qilmoqda.

Buxoro kiyigi

Foto:isweet.com.ru
1999 yildayoq Buxoro kiyiklari soni 400 boshdan kamaygani qayd etilgan. Ularning ko‘pi Tojikistonda davom etgan fuqarolik urushi payti halok bo‘ldi. Ayni paytda Tojikiston qo‘riqxonasida saqlanayotgan noyob kiyiklar 850 boshga yetdi, biroq Zarafshon qo‘riqxonasida ular bor-yo‘g‘i 40 boshni tashkil etadi.

Jayron

Foto: elementy.ru
Tez chopar kiyiklar oilasiga mansub jayron asosan Turkmaniston va Qozog‘iston hududlarida uchraydi. Uning shoxi va go‘shti uchun jayronni ovlashadi. O‘tgan asrning 80-yillari Kopettog‘ maydonlarida jayronlarni ko‘paytirish va nasl olish bo‘yicha ilmiy ishlar amalga oshirilgan. Ammo qo‘riqxonada saqlanib qolgan jayronlar soni 200 boshdan oshmaydi.

Chiroyli tuvaloq

Foto: Tengrinews.kz
Qichqiriq qush nomi bilan mahalliy aholiga yaxshi tanish bo‘lgan tuvaloqlardan biri — Chiroyli tuvaloq ham yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Qush Qozog‘istonda «Qizil kitob» ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lsa-da, boy arab shayxlari lochin bilan tuvaloqlarni ovlash ruxsat beriladi.

Oltin burgut

Foto: nashzeleniymir.ru
Berkut yoxud Oltin burgut Markaziy Osiyoda keng tarqalgan qirg‘iylarning eng chiroyli va keng qanotlisi hisoblanadi. U aholi yashash punktlaridan qochadi, halovatda yashashni istaydigan Oltin burgut tashqi ta’sirga o‘ta sezuvchan, shahar atrofida ham qo‘nim topmaydi.

Brakonerlar va urbanizatsiyaning salbiy ta’siridan tashqi, berkutning yo‘q bo‘lib ketishiga pestitsidlar ham ta’sir qiladi. Kemiruvchilar bilan oziqlanuvchi qirg‘iy qush tanasi ovqatdan zaharlanishi ko‘paymoqda.

Manus

Foto: Vikipediya
Mushuksimonlar oilasiga mansub manuslar noodatiy dumaloq ko‘z va qalin mo‘ynasi bilan ajralib turadi. Janubiy Kavkazorti hududlardan Erongacha bo‘lgan yerlarda ko‘p uchraydigan manus Markaziy Osiyoda yo‘q bo‘lib ketishi mumkin.

Ovchilarning «sa’y-harakati» bilan manus kamaydi, shuningdek, uning asosiy ozuqasi bo‘lmish sug‘ur va kemiruvchilar ham tabiatda kamaygan.

Qorakal

Foto: prohvost.club
Dala silovsini nomi bilan mashhur qorakal, aslida ham, silovsinlarga mansub hisoblanadi. Puma kabi nigoh bilan chopqir hayvonning soni Markaziy Osiyoda ko‘p emas.

Mang‘ishloq hududida 300ga yaqin qorakal yashaydi.

Qulon

Foto: Vikipediya
Shimoliy YevroOsiyoda saqlanib qolgan yagona tuyoqsiz juft oyoqlilarning vakili qulon ham yovvoyi tabiatda kamayib bormoqda. Xonakilashgan otdan kichikroq qulonlar soatiga 70 kmgacha tezlikda masofani bosib o‘tadi. U juda tezkor va o‘rtacha 50 km tezlikda chopadi. Markaziy Osiyoning yastangan dashtlarida ular erkin yashaydi. Afsuski, ayni paytda mingdan kam qulonlar mintaqada saqlanib qolgan.

Irbis

Foto: forum.zoologist.ru
Mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich irbisni qor leopardi, deb atash mumkin. Genetik jihatdan u yo‘lbarslarga yaqin, ammo ko‘rinishidan leopardga o‘xshaydi. U asosan brakonerlar nishoni, oziq yetishmasligi tufayli halok bo‘lmoqda.

2017 yilda irbis Markaziy Osiyoda 7500 bosh qolgani ma’lum qilingan.

Menzibira sug‘uri

Foto: Baybak.ru
Kemiruvchilarning mayda oziqlar bilan qorin to‘qlab yuradigan menzibira sug‘uri O‘zbekistonning Chotqol, Qozog‘istonning Qurama va Qirg‘izistonning Talas vodiysida yashashi kuzatilgan.

Uning bo‘yi 49 sm, dumining uzunligi esa 13,5 sm bo‘ladi. Ko‘rinishida barcha sug‘urlardek anatomiyaga ega, ammo quloqlari kalta va mo‘ynasi qalin bo‘ladi. Ular 5 ming atrofida qolgan.

Sayg‘oq

Foto: Vikipediya
Ba’zan Turkmaniston va Rossiyada uchrab turadigan sayg‘oqlar aslida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston hududlariga xos yovvoyi hayvon hisoblanadi.

2010-15 yillar oralig‘ida faqat Qozog‘istonda 132 ming sayg‘oq halok bo‘ldi. Uning qirilib ketayotganiga gemarogik septikemiya qo‘zg‘atuvchi (pasterelleza) sababchi bo‘layotgani bildirilgan. Ular, asosan, muz ostidan ozuqani chiqarolmay, brakonerlar tufayli tuyoqsiz muzni yorolmay, o‘lib ketmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Markaziy Osiyoning yo‘qolib borayotgan 10 turdagi jonzoti (foto)