08:40 / 15.04.2019
3 143

Samarqandga ko‘proq qaysi davlatlardan investorlar kelmoqda?

Samarqandga ko‘proq qaysi davlatlardan investorlar kelmoqda?
Samarqandda 2019 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra xorijiy investitsiya va sarmoyalar hisobiga qurilgan 443 ta korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va ulardan 430 tasi faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Samarqand viloyat statistika boshqarmasi Kun.uz’ga ma’lum qildi. Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning yanvar-mart oylarida viloyatda 36 ta xorijiy investitsiya va sarmoyalar hisobiga qurilgan korxona ro‘yxatga olingan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan 430 ta xorijiy investitsiyalar va sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi ya’ni, 254 tasi sanoat sohasiga, 60 tasi savdo sohasiga, 38 tasi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi sohasiga, 24 tasi qurilish sohasiga, 12 tasi yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasiga, 8 tasi tashish va saqlash sohasiga, 6 tasi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasiga, 3 tasi axborot va aloqa sohasiga hamda 25 tasi boshqa sohalarga to‘g‘ri kelmoqda.

Faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy investitsiya va sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarning aksari Xitoy va turkiyalik investorlar hissasiga to‘g‘ri keladi:
Turkiya – 75
Xitoy – 66
Rossiya – 58
Janubiy Koreya – 33
Eron – 18
BAA – 18
Buyuk Britaniya – 16
AQSh – 13
Germaniya – 10
Qozog‘iston – 10.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandga ko‘proq qaysi davlatlardan investorlar kelmoqda?