Huquqshunos-bloger Xushnud Xudoyberdiyev o‘z kanalida yana bir bor Toshkent shahri propiskasi bilan bog‘liq savolga javob berib o‘tdi.
SAVOL: Toshkentda propiska haqida maqolangizni o‘qib chiqdim. Shu masala bo‘yicha savolim bor edi. Toshkentda yangi qurilgan uylardan birini dadamning nomlariga oldik. Oilada 5 qizmiz. Ikki katta opam turmushga chiqishgan. Olmazor tuman pasport stolida turmushga chiqqan farzandlarga propiska yo‘q, deyishdi. Natijada faqat uch qiz propiskaga kirdik. Ammo ro‘yxatdan o‘tish ikki opamga kerakroq. Ularni qanday qilib propiskaga kiritsa bo‘ladi?
JAVOB: Ko‘pchilik insonlarning huquqiy bilimi yetarli emasligi, juda unaqa katta fojia emas, lekin eng yomoni: davlat xizmatchisi bo‘lgan ijrochilarning o‘zi qonunni bilmasa, bu - dahshat! Chunki bunday vaziyatda huquqini zo‘r biladiganlar ham kursida o‘tirgan amaldor qarshisida muammoga duch keladi. Kamida o‘zining haqligini isbotlash uchun sarson bo‘ladi, yozuv-chizuv qilib umri ketadi.
Bu bilan nima demoqchiman? Yuqoridagi vaziyatda ham qonun-qoidalarni yaxshi bilmagan ijrochilar fuqarolarni sarson qilmoqda.
Aslida qanaqa bo‘lishi kerak?
O‘z oilasi bo‘lmagan farzandlarini propiska qilish qoidasi bu yerda noto‘g‘ri talqin qilinmoqda.
E’tibor berish kerakki, faqat o‘z oilasiga ega bo‘lmagan farzandinigina propiskaga olib kirish mumkinligi haqidagi qoida 5-bandga hamda 9 - 12-bandlarga taalluqli.
Ya’ni eri xotini orqali (yoki aksincha) doimiy propiskaga kirsa, unda o‘sha 5-band bilan propiska olgan er o‘zining barcha farzandlarini propiskaga olib kira olmaydi, faqat o‘z oilasiga ega bo‘lmagan farzandlarinigina 2-band bilan propiskaga olib kirishi mumkin.
Xuddi shu qoida 9, 10, 11 va 12-bandlarga ham taalluqli. Ular ham faqat o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlarini olib kirishi mumkin.
Lekin ko‘pchilik buni barcha bandlarga taalluqli deb o‘ylaydi va adashadi.
Toshkentdan yangi uy sotib olgan fuqaro 1-band bilan propiskaga kiradi (huquqiy asos: Nizomning 7-bandi).
Shundan so‘ng, ular o‘zining to‘g‘ri shajara bo‘yicha birinchi va ikkinchi darajadagi barcha qarindoshlarini 2-band bilan propiskaga olib kirishi mumkin (huquqiy asos: Nizomning 7-2-bandi).
Ya’ni Toshkentdan yangi uy sotib olganlar o‘zlarining barcha farzandlarini, ularning o‘z oilasi bor yoki yo‘qligidan qat’iy nazar, 2-band bilan propiskaga olib kirishi mumkin.
Masalan, 80 yoshga kirgan otaxonning nomiga Toshkentdan yangi uy olishsa, o‘sha otaxon o‘zining barcha farzandlarini (ularning yoshi 60 da bo‘lsa ham farqi yo‘q) hamda barcha nabiralarini (ularning soni 30 nafardan ko‘p bo‘lsa ham farqi yo‘q) 2-band bilan propiskaga olib kirish huquqiga ega.
Agar pasport stol «g‘ing» deb rad javobini bersa, bemalol ularning ustidan Ichki ishlar vazirligiga shikoyat qilishingiz mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi