19:04 / 16.04.2019
6 506

Chindan ham ro‘molga ruxsat berildimi?

Chindan ham ro‘molga ruxsat berildimi?
Ijtimoiy tarmoqlar orqali talabalarga ta’lim muassasalari hududida bosh kiyim (ro‘mol, do‘ppi) bilan yurishga ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunda asosan talaba-qizlarning ro‘mol o‘rashi masalasi oliy o‘quv yurti rahbariyati tomonidan alohida majlislarda ko‘rib chiqilgani haqida axborot berilgan.

Lekin bu haqda rasmiy xabarlar chiqmadi. Shu munosabat bilan Azon.uz tahliliy portali Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan ushbu masalaga aniqlik kiritish maqsadida bog‘landi.
OO‘MTVning Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i Otabek Bozorovning ma’lum qilishicha, talabalarning ta’lim muassasasida kiyinish madaniyati masalasi oliy o‘quv yurti tomonidan tasdiqlangan ichki tartib-qoidalariga asosan belgilanadi. Shuningdek, boshqarma boshlig‘i ta’lim muassasalarining nizomlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan normalardan chetga chiqmasligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, vazirlik xodimi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tizimidagi biror bir oliy ta’lim muassasasida kiyinish madaniyati bilan bog‘liq yig‘ilish yoki uchrashuv bo‘lmaganligi, bu haqdagi xabarlar yolg‘on axborot ekanligini aytmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chindan ham ro‘molga ruxsat berildimi?