22:00 / 16.04.2019
3 925

Samarqand viloyati IIB «Ozodlik»da chiqqan videoga munosabat bildirdi

Samarqand viloyati IIB «Ozodlik»da chiqqan videoga munosabat bildirdi
Foto: «Daryo»
Joriy yilning 12 aprel kuni Payariq tumanidagi Paynet shoxobchasida ishlovchi Maftuna ismli qiz «Ozodlik» radiosiga o‘zini ish joyida kaltaklangani, biroq tergov buni bosdi-bosdi qilayotganligini bildirib videomurojaat yo‘llagan. Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati «Daryo»ga Payariq tumanidagi Paynet shoxobchasida ishlovchi Maftuna Otaboyeva bilan sodir bo‘lgan holat yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi.

— 2019 yilning 12 yanvar kuni soat taxminan 16:00 atrofida voyaga yetmagan Aziza Bozorova Payariq tuman Chelak shaharchasida joylashgan Paynet shoxobchasiga borib, shoxobchada ishlovchi Maftuna Otaboyeva orqali telefon raqamiga pul ko‘chirish uchun 17 ming so‘m pul bergan. Ammo shoxobcha ishchisi Maftuna Otaboyeva adashib pulni boshqa raqamga ko‘chirib yuborgan, — deydi viloyat IIB matbuot xizmati rahbari Shirin Normatova. – Aziza Bozorova onasi Ozoda Abdurahmonova bilan birga kelib, o‘zaro janjallashib, Maftuna Otaboyevani urib yengil tan jarohati yetkazgan.

Janjal davomida ular bir-birini nojo‘ya so‘zlar bilan haqoratlab, Aziza Bozorova Maftuna Otaboyevaga tegishli bo‘lgan umumiy bahosi 800 ming so‘mlik Samsung J5 rusumli telefon apparatini sindirib, uning mulkiga zarar yetkazilganligi aniqlangan.

Foto: Telegram
– Mazkur holat yuzasidan Payariq tuman IIB 17-soni profilaktika inspektori M.Xolmatov tomonidan holat yuzasidan o‘sha vaqtning o‘zida tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilgan, — deydi Shirin Normatova. – Holat yuzasidan olib borilgan tekshiruvlar natijasida Ozoda Abdurahmonova Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 41-moddasi (Haqorat qilish) va 52-moddasi 2-qismi (Qasddan yengil tan jarohati yetkazish), Maftuna Otaboyeva 41-moddasida ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etganligi aniqlangan. 2019 yilning 18 yanvar kuni 9/317-chiqish xati bilan ish Payariq tuman ma’muriy sudiga yuborilgan.

Payariq tuman ma’muriy sudining 28 yanvar kuni chiqargan hukmiga ko‘ra, Maftuna Otaboyeva eng kam oylik ish haqining bir barobari (202 730 so‘m), Ozoda Abdurahmonova EKIHning uch barobari (608 190 so‘m) miqdorida jarimaga tortilgan.

– Tekshirish harakati davomida voyaga yetmagan Aziza Bozorova Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 41-moddasi va 52-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganligi aniqlanib, otasiga nisbatan MJtKning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. To‘plangan hujjatlar Payariq tuman hokimligiga yuborilgan, — deydi viloyat IIB matbuot xizmati rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand viloyati IIB «Ozodlik»da chiqqan videoga munosabat bildirdi