Shayxontohur tumani soliq «korrupsion o‘chog‘i» qanday paydo bo‘lgandi?

  • 16 aprel 2019, 23:09
  • 742
  • Jamiyat
  • Shayxontohur tumani soliq «korrupsion o‘chog‘i» qanday paydo bo‘lgandi?
    Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va qonuniy manfaatlari himoyasi yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda noodatiy holatlar aniqlangan, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

    Ta’kidlanishicha, «A» MChJ QK va «B» MChJ (korxona nomlari tahririyatga ma’lum) o‘rtasida tuzilgan lizing shartnomasiga asosan, «B» MChJ tomonidan «A» MChJ QKdan sotib olingan jami 1.1 mlrd. so‘mlik mebel ishlab chiqarishga mo‘ljallangan uskunalar jamlanmasi uchun 321.6 mln. so‘mlik mablag‘lar to‘lab berilgan.

    «B» MChJning «A» MChJ QK oldida qolgan 848.3 mln. so‘mlik lizing hamda byudjet oldida 59.4 mln. so‘mlik soliq qarzdorligi mavjud bo‘lsada, Shayxontohur tumani Davlat soliq inspeksiyasi mansabdor shaxslari o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, «B» MChJning go‘yoki soliq va boshqa qarzdorligi mavjud emasligini tasdiqlovchi taqdimnomani Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritishgan», — deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

    Buning natijasida sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra «B» MChJ tugatilib, «A» MChJ QKning manfaatlariga zarar yetkazilgan.

    Mazkur holat yuzasidan Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan Shayxontohur tumani DSI mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 205-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman prokuraturasiga yuborilgan.

    » » Shayxontohur tumani soliq «korrupsion o‘chog‘i» qanday paydo bo‘lgandi?