Farg‘onada bir fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atish, qamatish bilan tahdid qilib, 500 dollar pora olgan 2 nafar ichki ishlar xodimi ushlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Oltiariq tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi surishtiruvchisi D.M. hamda profilaktika inspektori V.A. tamagirlik qilib, jinoyatga qo‘l urgan.
D.M.ning xizmat vazifasiga jinoyatlarni fosh etish, oldini olish, fuqarolar huquqlarini himoya qilish va xavfsizligini ta’minlash, ish yurituviga berilgan ariza, material yoki jinoyatlar bo‘yicha surishtiruv va tergov harakatlari o‘tkazib, ular bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilish kirardi. Ammo u profilaktika inspektori V. A. bilan til biriktirib, tamagirlik yo‘lini tanlagan.
U o‘z ish yurituvidagi fuqaro E.Mamatovning «Neksiya-2» rusumli avtomashinasini o‘g‘irlanganligi holati yuzasidan S.Abdurahimovga nisbatan to‘plangan material bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish va ma’muriy tartibda hal qilish evaziga 500 dollar pora berishni talab qilgan. Aks holda unga jinoyat ishi qo‘zg‘atish va qamash bilan tahdid qilgan. Albatta, bu ishni profilaktika inspektori V. A. yordamida amalga oshirishni reja qilgan.
S.Abdurahimov esa bu ikki nafar davlat organi mansabdor shaxslarining qilmishlari yuzasidan ariza bilan murojaat qildi.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Farg‘ona viloyat boshqarmasi va Ichki ishlar vazirligi o‘z xavfsizligi boshqarmasining viloyat bo‘yicha bo‘limi xodimlaridan iborat tezkor tergov guruhi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda dastlab V.A. o‘zining «Matiz» rusumli avtomashinasida kimyoviy ishlov berilgan 500 AQSh dollarini S.Abdurahimovdan pora tariqasida olayotganda, so‘ng D.M. o‘z xizmat xonasida ushbu summani olganda ushlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Rishton tuman sudida mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Sudlanuvchi D.M. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan aybdor deb topilib 6 yil, V.A. esa 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi