2019 yilning 9 aprel kuni O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga mamlakat fuqarosi Habibullo O‘rinboyev murojaat qilgan, deb xabar bermoqda TIV.
U Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidan bo‘lgan ukasi G‘olibjonning vafot etganini ma’lum qildi hamda uning jasadini vatanga yuborishda yordam so‘ragan. Kasallik tufayli olamdan o‘tgan ushbu fuqaro 2018 yilning mart oyidan buyon Primore o‘lkasida qonuniy ravishda yashagan va ishchi sifatida turli faoliyatlar bilan shug‘ullangan.
Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi hisobidan transport xarajatlarining bir qismini qoplashda ko‘mak berish masalasini muhokama qilish uchun Konsulxona Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Rossiyadagi Vakolatxonasi bilan bog‘langan.
Zarur hujjatlar rasmiylashtirilganidan so‘ng, Jamg‘arma yordamida marhumning jasadini akasi Vladivostok-Novosibirsk-Farg‘ona yo‘nalishida O‘zbekistonga olib ketgan.
Konsullik-huquqiy departamenti quyidagilar bo‘yicha eslatma bilan chiqdi:
Agarda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan yaqin qarindoshingiz yoki tanishingiz chet elda yordamga muhtojligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yoki uning Rossiya Federatsiyasidagi Vakolatxonasiga murojaat qilishingiz tavsiya etiladi.
Ma’lumot uchun:
Rossiya Federatsiyasidagi manzil: Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2 (1-y Kazachiy pereulok, 11/2).
Murojaat uchun telefon raqami: +7-903-507-76-67.
O‘zbekiston Respublikasida manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi, 1-uy.
Murojaat uchun telefon raqami: +998-71-202-33-55 (ichki raqam: 16, 17). Telegram kanali: @migration_uz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Teraktdan keyin Rossiyadagi Tojikiston fuqarolari nafrat va tajovuzga duchor bo‘lmoqda
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi