14:37 / 17.04.2019
3 228

«Humo» kartalarini chiqarish joriy yil 1 maydan boshlanadi

«Humo» kartalarini chiqarish joriy yil 1 maydan boshlanadi
Foto: Spot
O‘zbekistonda «Humo» kartalarini chiqarish joriy yil 1 maydan boshlanadi. Bu haqda 17 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Markaziy bank matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar beradi "Daryo" nashri.

Hozirda sinov tartibida Markaziy bank va tijorat banklari xodimlari uchun bir nechta karta chiqarildi.
Ulardan aprel oyi oxiri, may oyi boshlaridan boshlab foydalanish mumkin bo‘ladi.
Markaziy bankning qayd etishicha, mamlakatda kartalarni qabul qiladigan 47 990 ta terminal o‘rnatildi.

«Yangi kartalar egalari to‘lov muammosiga duch kelmasliklari uchun terminallar o‘rnatdik. Hozircha ushbu terminallar UzCard kartalarini qabul qilmaydi, ammo kelajakda bu muammo bartaraf etiladi — masala yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Shu bilan birga, terminallar MasterCard, Visa va UnionPay’ni ham qabul qiladi», deb xabar beradi Markaziy bank.

Ish haqi loyihalari doirasida kartaning muomalasi bepul bo‘ladi. Tijoriy ekvayring uchun 0,2, internet ekvayring uchun 0,1 foizgacha komissiya belgilanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Humo» kartalarini chiqarish joriy yil 1 maydan boshlanadi