19:35 / 17.04.2019
3 857

O‘zbekistonda uch oy ichida 90ta qotillik jinoyati sodir etildi

O‘zbekistonda uch oy ichida 90ta qotillik jinoyati sodir etildi
Prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi tomonidan prokuratura organlari tomonidan 2019 yilning dastlabki 3 oyida tergov qilingan jinoyat ishlari tahlil qilindi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Tahlil etilayotgan davrda prokuratura organlari tomonidan 3 212 (3 264) ta jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 190 taga yoki 1,5 foizga kamaygan. Shundan 1 756 (1 819) nafar shaxsga nisbatan 1 129 (1 183) ta jinoyat ishi sudga yuborilib, o‘tgan yilga qaraganda 54 taga yoki 4,5 foizga kamaygan.

2019 yilning dastlabki 3 oyida 399 (263) ta jinoyat ishining tergovi, shu jumladan 210 (143) tasi JPKning 83-moddasiga, 189 (120) tasi 84-moddasiga asosan tugatilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich tergov qilingan jami jinoyat ishlarining 16,1 (9,7) foizini tashkil etadi.

Respublika bo‘yicha 2019 yil 3 oyida 90 ta qotillik jinoyati sodir etilgan bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan (123) 33 taga yoki 26,9 foizga kamaygan. Sodir etilgan qotillik jinoyatlarining hozircha faqat 1 tasi fosh etilmasdan qolmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda uch oy ichida 90ta qotillik jinoyati sodir etildi