09:53 / 18.04.2019
4 095

Davlat soliq xizmati organlariga oid nizomlar tasdiqlandi

Davlat soliq xizmati organlariga oid nizomlar tasdiqlandi
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat solik qo‘mitasi to‘g‘risidagi, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi to‘g‘risidagi va O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq davlat soliq xizmati xodimlari mehnatiga Yagona tarif setkasi bo‘yicha haq to‘lash bo‘yicha razryadlar belgilandi.

Hujjatda qayd etilishicha, Davlat soliq qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda qo‘mitaning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvaliga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritadi.

Davlat soliq qo‘mitasi o‘n kun muddatda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni hamda tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlashi belgilab qo‘yildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat soliq xizmati organlariga oid nizomlar tasdiqlandi