11:32 / 18.04.2019
5 070

Bosh prokuratura Namanganda ayovsiz kaltaklangan o‘quvchi qiz bo‘yicha ma’lumot berdi

Bosh prokuratura Namanganda ayovsiz kaltaklangan o‘quvchi qiz bo‘yicha ma’lumot berdi
Skrinshot: «UPL.uz»
Namangan viloyat prokuraturasi kollej o‘quvchisi «opacha» tomonidan ayovsiz kaltaklanganligi haqidagi videoga oydinlik kiritdi. Bu haqda «Daryo»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Surayyo Rahmonova ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2018 yil 10 oktyabrda Norin tuman, Haqqulobod shahrida joylashgan Yangiobod kasb-hunar kolleji 2-bosqich o‘quvchisi, 17 yoshli voyaga yetmagan Barno (ismi o‘zgartirilgan) dugonasi 20 yoshli Taxmina (ismi o‘zgartirilgan) bilan yo‘lda ketayotib, yana bir dugonasi — Norin tibbiyot kollejining 3-bosqich talabasi, 19 yoshli Maftuna (ismi o‘zgartirilgan) bilan uchrashib Barnoning telefon apparatini sindirib qo‘yganligi uchun singan telefonni ta’mirlatish bo‘yicha tortishib ketgan. Taxmina tomonidan Maftunaning qo‘li va oyog‘iga urib tan jarohati yetkazilgan. Bu holatni Barno telefonida videoga olgan va tasvir 2018 yil 10 noyabrda internet tarmog‘iga chiqarib yuborilgan.

Bundan xabar topgan Maftunaning buvisi Umida opa (ismi o‘zgartirilgan) shu kuni Barnoni ham o‘zlari bilan birga olib, Taxminaning yuz qismiga qo‘li bilan tan jarohati yetkazgan va bu holatni Barno videotasvirga olib, internet ijtimoiy tarmog‘iga chiqarib yuborgan.

Shundan so‘ng, Taxmina Haqqulobod shahridagi markaziy shifoxonaga tibbiy yordam olish uchun borgan va shifokorlarning xabariga ko‘ra, Norin tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida tayinlanib, o‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertizasining 2018 yil 12 noyabrdagi xulosasida Maftunaning badanida tan jarohatlari topilmaganligi, Taxminaning badanida sog‘lig‘ining buzilishiga sababchi bo‘lmagan yengil tan jarohati aniqlanganligi qayd etilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2018 yil 21 noyabrda IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish va fuqaro Maftuna va uning buvisiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik Kodeksining 52-moddasi (Yengil tan jarohati yetkazish), Taxminaga 41-moddasi (Haqorat qilish) bo‘yicha, voyaga yetmagan Barnoga 189-modda 1-qism (Zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish) bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan va Norin tuman ma’muriy sudining 2018 yil 21 dekabrdagi qarori bilan huquqbuzarlarga jarima jazosi tayinlangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bosh prokuratura Namanganda ayovsiz kaltaklangan o‘quvchi qiz bo‘yicha ma’lumot berdi