13:34 / 18.04.2019
2 350

Sudda tadbirkorlar himoyasini ta’minlashga doir yo‘riqnoma ishlab chiqildi

Sudda tadbirkorlar himoyasini ta’minlashga doir yo‘riqnoma ishlab chiqildi
Savdo-sanoat palatasi sudlarda tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyalanishini ta’minlashga doir yo‘riqnomani ishlab chiqdi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Hujjatda Savdo-sanoat palatasi sud idoralarida o‘z a’zolarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyalanishini ta’minlash tartibi belgilangan.

SSP davlat organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinganda tadbirkorlik sub’ekti nomidan sud muhokamasining istalgan bosqichida ishtirok etish, shuningdek da’vo arizalari bilan bir qatorda apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlari, arizalar, shu jumladan nazorat tartibida protest keltirish haqida iltimosnomalar berish huquqiga ega («O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida»gi Qonunning 21-moddasi).

Bu holda da’vo arizalari (arizalar) davlat bojini to‘lamasdan taqdim etiladi (Soliq kodeksining 329, 330 va 330-1-moddalari).

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sudda tadbirkorlar himoyasini ta’minlashga doir yo‘riqnoma ishlab chiqildi