10:10 / 19.04.2019
3 041

Moskva aeroportida pul solingan konvertni oʻgʻirlagan oʻzbekistonlik qoʻlga tushdi

Moskva aeroportida pul solingan konvertni oʻgʻirlagan oʻzbekistonlik qoʻlga tushdi
Moskvaning Sheremetyevo aeroportida 3600 dollarni oʻzlashtirib yuborgan oʻzbekistonlik qoʻlga olindi. Bu haqda Daryo xabar qiladi.

Rossiya IIV matbuot xizmati xabarida aytilishicha, Sankt-Peterburgda istiqomat qiluvchi fuqaro Sheremetyevo aeroporti IIV boshqarmasining navbatchilik qismiga qoʻngʻiroq qilib, uning qizi “Seul—Moskva—Sankt-Peterburg” tranzit reysi bilan uchib kelgan paytda, ehtimol “D” terminalida nazoratdan oʻtayotganda 3600 dollar solingan konvertni yoʻqotib qoʻyganini maʼlum qildi.

Jinoyat qidiruv boʻlimi xodimlari tomonidan video-kuzatuv kameralari oʻrganib chiqilib, oʻgʻirlikni sodir etishda gumonlangan shaxsni aniqlashdi.

Gumonlanuvchi Oʻzbekiston fuqarosi ekanligi va Sheremetyevo aeroportida farrosh boʻlib ishlashi maʼlum boʻldi.
Ushbu shaxs yoʻlovchi tomonidan tasodifan tushirib yuborilgan konvertni topib olib, uni oʻzlashtirib yuboradi.

Gumonlanuvchi Oʻzbekistonga ketayotgan vaqtda Vnukovo aeroportida qoʻlga olindi. Uning yonidan jabrlanuvchiga tegishli boʻlgan pullarning bir qismi topildi, qolgan qismi esa u bilan birga yashagan qarindoshidan olindi.

Sheremetyevo aeroporti tergov boʻlimi tomonidan ushbu fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Gumonlanuvchi shaxs hibsga olindi.
Tergov ishi davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Moskva aeroportida pul solingan konvertni oʻgʻirlagan oʻzbekistonlik qoʻlga tushdi