08:52 / 19.04.2019
3 571

Toshkent shahriga eltuvchi O‘zbekistonning eng katta avtomobil yo‘li vaqtincha yopildi

Toshkent shahriga eltuvchi O‘zbekistonning eng katta avtomobil yo‘li vaqtincha yopildi
Foto: O‘zA
Ayni paytda Toshkent shahri va respublikamizning sakkiz viloyatini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi M-39 — «Olmaota – Bishkek – Toshkent – Termiz» avtomobil yo‘li 865-kilometrining Toshkent viloyati Chinoz tumani hududida joylashgan Yallama ko‘prigida qurilish ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli respublikamizning boshqa viloyatlaridan Toshkent shahriga kelayotgan avtomobillar tirbandligi yuzaga kelmoqda, deb yozadi O‘zA.

Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining O‘zAga ma’lum qilishicha, «Olmaota – Bishkek – Toshkent – Termiz» avtomobil yo‘lining 871-kilometrida joylashgan ikkinchi darajali yo‘l orqali M-34 — «Toshkent – Dushanbe» yo‘liga o‘tib, Toshkent shahriga yetib olish mumkin.

Toshkent viloyati YHXB haydovchilardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahriga eltuvchi O‘zbekistonning eng katta avtomobil yo‘li vaqtincha yopildi