Juda kamaytirib hisoblaganda, O‘zbekiston aholisining «sandig‘i»da bir necha milliard dollar bor. Bu haqda Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov ma’lum qildi.
Uning «Laboratoriya biznesa»ga bergan intervyuda aytishicha, agentlik aholida mavjud bo‘lgan mablag‘lar miqdorini baholadi. «Bugungi kunda aholida «sandiq»da bo‘lgan haqiqiy pullar miqdori bir necha milliard dollarga baholanmoqda. Bu o‘nlab milliard dollar bo‘lishi ham mumkin», - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu pullar ishlashi uchun moliyaviy vositalarni rivojlantirish kerak. Shunda biznes aholi mablag‘larini sarmoya sifatida jalb qilish imkoniga ega bo‘ladi.
«Nima uchun bu pullar sandiqda yotibdi?.. Ular ishlashi uchun moliyaviy vositalarni rivojlantirish lozim, oddiy qoida. Nizolarni bartaraf etish, mulkdorlar va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish uchun adolatli sud tizimi bo‘lishi kerak», - deya ta’kidlab o‘tdi Nazirov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi