Rasmiy ma’lumot: Jambulda halok bo‘lgan va jarohatlangan o‘zbekistonliklar haqida

  • 20 aprel 2019, 18:00
  • 1 277
  • Jamiyat
  • Rasmiy ma’lumot: Jambulda halok bo‘lgan va jarohatlangan o‘zbekistonliklar haqida
    Qozog‘istonning Jambul oblasti hududida, «Olmaota-Toshkent» avtoyo‘lida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketishi oqibatida O‘zbekistonning 3 nafar fuqarosi halok bo‘lgan va yana 12 nafar o‘zbekistonlik jarohatlangan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda holatlar vazirligi rasman ma’lumot berdi.

    20 aprel kuni mahalliy vaqt bilan tong soat 5:09da «Olmaota—Toshkent» trassasining 181-kilometrida salonida 47 nafar kishi bo‘lgan Van Hool rusumli yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berishi oqibatida jami 11 kishi halok bo‘lgan, 29 kishi tan jarohati olgan.

    Dastlab, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Jambuldagi YTH oqibatida halok bo‘lganlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani haqida xabar qildi, ammo bu xabar ko‘p o‘tmasdan o‘chirib yuborildi.

    Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ushbu fojia oqibatida halok bo‘lganlarning 7 nafari qozog‘istonlik, 3 nafari o‘zbekistonlik ekani, yana bir jasadning shaxsiga aniqlik kiritilmagani, jabrlanuvchilar orasida Qozog‘iston fuqarolaridan tashqari O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari borligi haqida ma’lumot bergan.

    O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining xabarida dastlab Jambuldagi YTH oqibatida o‘zbekistonliklar halok bo‘lgani haqida ma’lumot yo‘qligi, bu hodisada 7 nafar o‘zbekistonlik jarohatlangan holda shifoxonaga yotqizilgani aytilgandi. Unga ko‘ra, jabrlanuvchilar Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan.

    Mehnat vazirligi fojiada halok bo‘lgan va jarohatlangan o‘zbekistonliklar ro‘yxatini taqdim etdi.

    Mazkur yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxati:
    Abduxaliqov O‘rinboy Mirxamitovich, 1993 y.t.;
    Kalmuratov Alisher Saparbayevich, 1988 y.t.;
    Yermekbayeva Dilorom, 1972 y.t.;

    Tan jarohati olganlar ro‘yxati:
    O‘ljabayev Abbos, 1994 y.t;
    Xayitbayev Omirbek, 1988 y.t;
    Abdusatirov Zavodbek, 1999 y.t;
    Jumaniyozov Marhamat 1996 y.t; (og‘ir ahvolda)
    Axmetova Radmila, 1994 y.t.; (og‘ir ahvolda)
    Matirjonov Otabek Abdullevich, 1985 y.t.;
    Seytmuratov Dosjan Dauletovich, 1987 y.t.;
    Haydarov Sardar Amarbekugli, 1994 y.t.;
    Ilyasov Maris, 1974 y.t.; (og‘ir ahvolda)
    Islameddinov Abduxattar uglы, 1997 y.t.;
    Mombetov Nasreddin, 1971 y.t.;
    Japarov Shodlik Maxsudovich, 1984 y.t.;

    O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining tezkor telefon tarmog‘i: 71-200-06-00
    YTH jabrlanuvchilarining qarindoshlari O‘zbekiston FVVning quyidagi tezkor telefon tarmog‘i orqali qo‘shimcha ma’lumotlar olishlari mumkin: +998781471050.

    Фикрлар

    » » Rasmiy ma’lumot: Jambulda halok bo‘lgan va jarohatlangan o‘zbekistonliklar haqida