19:11 / 20.04.2019
3 314

Ta’minotchi korxonaning firibgar xodimi qo‘lga tushdi

Ta’minotchi korxonaning firibgar xodimi qo‘lga tushdi
Yaxshi bilamiz, MIB - energiya resurslari, ichimlik suvi va maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun to‘lovlarni undirish kabi vaziflarni bajaradi.

Ammo bugungi kunda hali-hanuz eskicha kayfiyat bilan yashayotgan, ta’minotchi korxonalarning ba’zi bir nayrangboz xodimlariga ishonib, to‘lovlarni to‘lashning o‘rniga undan osongina qutulishning yo‘llarini izlab yurgan va oxir-oqibat xato qilganini anglab afsus chekkan hamyurtlarimiz ham yo‘q emas.

Koson tumani elektr tarmoqlari korxonasida ishlovchi X.Boltayev Koson tumani Neko‘z MFYda yashovchi fuqaro R.Jalilovning elektr energiyasidan mavjud 1 mln. 743 ming so‘mlik qarzdorligini bilgani holda, ushbu qarzdorlik masalasida murojaat qilib kelgan R.Jalilovning qaynotasiga “Agar menga 1 million so‘m bersangiz ushbu qarzdorlikni yo‘qotib beraman”, - deb uni aldab, ishonchiga kiradi.

Shundan so‘ng undan 1 million so‘m pullarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, ularni elektr energiyasi to‘lovi uchun belgilangan tartibda kirim qilmasdan, o‘z manfaatlari yo‘lida sarflab yuboradi.

Mazkur holat yuzasidan hozirgi kunda X.Boltayevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ta’minotchi korxonaning firibgar xodimi qo‘lga tushdi