Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Baxromovich Qudratxodjayev Jizzax viloyatida sayyor qabullarni o‘tkazdi.
Jumladan, joriy yilning 19 aprel kuni Paxtakor tumanida Mirzacho‘l, Do‘stlik, Zafarobod, Arnasoy, Paxtakor tumanlari aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Tadbir davomida, 12 nafar fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaati eshitildi, murojaatlar bo‘yicha fuqarolarni qiynayotgan muammolari, taklif va mulohazalari tinglanib, ularni joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi. Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida bolalar xonasi ham tashkil etildi.
Shuningdek, 20 aprel kuni Jizzax shahrida Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi binosida, viloyatning Yangiobod, Zomin, Zarbdor, G‘allaorol, Baxmal, Forish, Sharof Rashidov tumanlari va Jizzax shahri aholisi ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabullarda, Byuroning Jizzax viloyat boshqarmasi rahbariyati ham ishtirok etishdi. Ushbu sayyor qabulda jami 26 nafar fuqarolar va yuridik shaxslarning murojaati eshitildi.
Ma’lumot o‘rnida, fuqaro N.Ortiqovaning aliment to‘lovchi fuqaro H.Shodmonovdan 2 mln. 100 ming so‘m aliment pullarini undirish haqidagi murojaati sayyor qabul davomida ijobiy hal etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi