20:34 / 20.04.2019
5 769

Xorazmda talaba kollej binosidan turmushga chiqarildi (video)

Xorazmda talaba kollej binosidan turmushga chiqarildi (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda “Feysbuk”ning “Xorazm va xorazmliklar” guruhida talaba qizning turmushga chiqarilishi bilan bogʻliq video tarqaldi.

Videolavhaga shunday izoh berilgan (mazmun saqlangan holda tahrirlandi): “Urganch Tibbiyot kolleji direktori Muborak opa Ahmedova savobli bir tashabbus koʻrsatdi. Kollejda tahsil oluvchi chin yetim talaba qizni oʻz qiziday qilib uzatdilar, shahar hokimligi boshchiligida, kollej maʼmuriyati va mahalla faollari ishtirokida xalqqa osh berildi. Bunday savob ishlarni qilish har kimning ham qoʻlidan kelmaydi. Eng qizigʻi, qizni kollej binosidan yor-yor sadolari ostida, boshqa qizlar kuzatuvida uzatdilar. Kuyovnavkarlar ham kollejga kelishdi. Muborak opani hamisha Alloh qoʻllasin. Xayrli ishlarga qoʻl uribsiz, savobidan bahramand boʻlib yuring”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorazmda talaba kollej binosidan turmushga chiqarildi (video)